- Yangiliklar
- Ko'rildi: 1151
Anime quiz
Kuni kecha Prezident maktabida “Anime quiz” boʻlib oʻtdi va unda taʼlim muassasalarimizdan jamoalar ishtirok etdi.

Uchrashuv natijalari:
Attack on West (PS)
306 (ALWIUT)
Akatsuki (PS)
Yowaimo (ALWIUT)
Kuni kecha Prezident maktabida “Anime quiz” boʻlib oʻtdi va unda taʼlim muassasalarimizdan jamoalar ishtirok etdi.

Uchrashuv natijalari:
Attack on West (PS)
306 (ALWIUT)
Akatsuki (PS)
Yowaimo (ALWIUT)
TXVU ALda Turkiya universitetlari: BAU universiteti, Sabanji universiteti, Kadir Has universiteti va FBU Fenerbahche universiteti vakillari bilan bitiruvchilarning uchrashuvi bo'lib o'tdi. Litsey o‘quvchilari o‘qishga kirish uchun barcha kerakli ma’lumotlarni olishdi.


Yoshlar ishlari agentligi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamkorligida yosh tadbirkorlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan kelgan 100 ortiq yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.

Ushbu ko‘rgazma mamlakatimiz yosh tadbirkor, hunarmand va fermerlarining namunali tajriba va yutuqlarini ommalashtirish, yoshlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka qiziqishini kuchaytirish, ularning tashabbuskorlik, bunyodkorlik va ijodiy faoliyatini kengaytirish maqsadida tashkil qilindi. Ushbu ko‘rgazmaga Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyi o‘quvchilari ham tashrif buyurishdi.

Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan yosh tadbirkorlar o‘z faoliyat turlari, qiyinchilik va mas’uliyati, yutuqlari haqida o‘quvchilar bilan muloqot qilishdi.
2022-yil 26-may kuni TXVU AL o‘qituvchilari va o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston” universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi qoshida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston” universitetidagi “Ochiq eshiklar” kuniga tashrif buyurdilar. Tadbir davomida Universitetdagi sharoitlar, ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim grantlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi maslahat uchrashuvida (2021-yil 6-avgust, Turkmaniston) Markaziy Osiyo yoshlar forumini o‘tkazish bo‘yicha taklif bildirdilar.
Ushbu tashabbusni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida joriy yilning 18-20-may kunlari “Astrum IT akademiyasi”da “Markaziy Osiyo yoshlar forumi”ni o‘tkazish belgilangan. Ushbu forumda akademik litseyining 2-bosqich o’quvchilari Ergasheva Diyora, Xursanboyev Muhammadjonlar iqtidorli talabalar qatorida ishtirok etishdi.
Innopolis universitetidan mazkur universitet talabasi va TXVU AL bitiruvchisi Ma’ruf Asatullayev ishtirok etdi. U bizga universitet hayoti, talabalari va o‘qituvchilari haqida qisqacha gapirib berdi. U universitetdagi hayotning qiyinchiliklari yoki qulayligi haqida gapirdi va ariza topshirishdan tortib to o'qish boshlanishigacha bo'lgan butun jarayonni butunlay tushuntirib berdi.


AKFA universitetidan ikki nafar vakil: AKFA universiteti muhandislik fakulteti dekani Ahmedov Bahodir va yetakchi universitetlardan birining (The University of Chicago) aspiranti G‘ulomov Sardor tashrif buyurishdi. Eng boshidanoq psixologiya va ehtimollik bo'yicha kichik test o'tkazdilar. Test yakunida to‘g‘ri javobni tanlagan o‘quvchilar sovg‘alar oldilar. Keyinchalik, pandemiya paytida vaziyatni nazorat qilish va gigiena muhimligini ko'rsatadigan ijtimoiy eksperiment o'tkazildi. Maskalarning ahamiyati yuqori baholandi va vakillar taqdimotning o'ziga o'tdi. Talabalar qabul bo'yicha kerakli ma'lumotlarni olishdi.
2022-yil 23-may kuni Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida (IPMI) Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2022-yil 20- may kuni TXVU AL o‘quvchilari va ustozlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar.
«Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz», — degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Adiblar xiyobonini g‘oyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bag‘ishlangan yangi yodgorlik majmualari ham yaratilgan.
Alisher Navoiy haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari yaxlit me’moriy va badiiy kompozisiyada, mantiqiy yechim asosida joylashtirilgan bo‘lib, 2017-yilda tashkil etilgan bu majmua o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
2022-yil 18-may kuni Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan “Otam, Onam va Men” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 1-bosqich guruhlarining 9 ta komandasi ishtirok etdi. Komandada o‘quvchilarning oila a’zolari, guruh rahbarlari va ma’muriyat ishtirok etdilar.


7 ta qiziqarli musobaqalardan iborat estafetada xayajon va taassurotlarga boy bellashuv bo‘lib o‘tdi.
1 – o‘rin 1 RUG3 guruhi
2 – o‘rin 3 ta guruh: 1 UZG1, 1 RUG7, 1 RUG 5
3 – o‘rin 1 RUG 2
Bu kabi musobaqalar litsey va ota-onalar, o‘quvchilar va o‘qituvchilar orasidagi munosabatlarni yaxshilashga, sportni oiladan boshlab ommalashtirishga katta yordam beradi.


Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25
+998 (71) 238-74-27
+998 (71) 238-74-31
lyceum@wiut.uz