Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti Akademik Litseyi 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab dunyoda yetakchi bo‘lgan Kembridj Xalqaro A Level kurslarini taklif etadi.
Kembridj Xalqaro A Level kurslari talabalarga ta’lim olishda muvaffaqiyatga erishishning aniq yo‘lini taqdim etadigan nufuzli kurslardir. Ular talabalarga yangi qobiliyatlarni shakllantirishda yordam beradi va ularni ta’lim olishda va kasbiy faoliyati davomida eng yaxshi natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan universal ko‘nikmalar bilan qurollantiradi.


NIMA UCHUN KEMBRIDJ XALQARO A LEVEL KURSLARINI TANLASH ZARUR?
- Ular Buyuk Britaniyaning barcha universitetlari va AQShning 850 ga yaqin universiteti tomonidan oliy ta‘limning birinchi bosqichiga kirish uchun e’tirof etiladi
- Ular dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida o‘qitiladi
- Ular talabalarni Universitetda va undan keyingi hayotda muvaffaqiyatga erishishga tayyorlaydi
NIMA UCHUN TXVU ALning KEMBRIDJ XALQARO A LEVEL KURSLARINI TANLASH ZARUR?
- TXVU AL - O‘zbekistondagi yuqori darajali akademik litseydir
- Eng yaxshi malakali o‘qituvchilar
- To‘lovlari raqobatbardosh
- Toshkentning qoq markazida joylashgan zamonaviy kampus

IMKONIYATLAR
- Ham Milliy litsey diplomini (maktab attestatini), ham A-LEVEL sertifikatini oladilar *
- TXVUning o'zlari tanlagan bakalavriat (2-kurs) kursiga qabul qilinadilar
- O'qishni chet elda davom ettira oladilar
TXVU ALNING KEMBRIDJ XALQARO MAKTABI TOMONIDAN TAKLIF QILINADIGAN FANLAR:

ARIZA TOPSHIRISH
2022-2023 o’quv yilida TXVU AL Cambridge A-level dasturi bo’yicha o’qishni hohlovchilar, TXVU ALga kirish imtihonining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o’tishi kerak bo’ladi va ular Cambridge A-level dasturida o’qimoqchi ekanligini rektor nomiga yozgan arizasida ko’rsatadi.
TXVU akademik litseyiga hujjat topshiruvchilarni ro'yxatdan o'tkazish va abiturientlar imtihonga kirishga ruxsatnoma olish uchun Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
TXVU akademik litseyiga o’qishga kirish tartiblari haqidagi ma’lumotni quyidagi sahifadan bilishingiz mumkin: https://lyceum.wiut.uz/uz/abituriyentlar-uchun/o-qishga-kirish-qoidalari

O‘qish haqi 3 000 Buyuk Britaniya funt sterlingini* tashkil qiladi va unga quyidagilar kiradi:
- 2 yil o‘qish
- Darsliklar va amaliy mashq daftarlari
- Kampusning barcha inshootlaridan foydalana olish imkoniyati
(*) Imtihon to‘lovlari kiritilmagan.
BOG‘LANISH:
O‘RINLAR SONI CHEKLANGAN