- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 11
Giyohvandlik: hech kim befarq bo‘lmasligi kerak!
2023 – yil 28 – fevral kuni TXVU AL o‘quvchilari va universitet talabalari uchun navbatdagi profilaktik suhbat tashkil etildi.



- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 1
“LES ROCHES UNIVERSITY” va “GLION UNIVERSITY” vakillari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi
24 fevral kuni TXVU akademik litseyida Shveytsariya universitetlari – “LES ROCHES UNIVERSITY” va “GLION UNIVERSITY” vakillari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Universitet vakillari talabalarga oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarni topshirish qoidalari va muddatlarini tushuntirib berdilar, talabalar shaharchasi va universitet talabalarining ijtimoiy hayoti haqida gapirdilar.
Shuningdek, tadbirda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti vakillari ham ishtirok etib, talabalarga universitetga hujjatlarni topshirish qoidalari va muddatlari haqida tushuntirishlar berishdi.

- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 12
Universe group
2023-yil 24-fevral kuni TXVU akademik litseyida akademik litsey bitiruvchilari tomonidan tashkil etilgan “Universe Group” vakillari bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Akramov, Bahodir Omonov 2-kurs talabalarini AQSH, Angliya, Kanada va Avstraliyadagi xorijiy universitetlarga hujjat topshirish qoidalari bilan tanishtirdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 5
WEST GOT TALENT
17 fevral kuni Ma’naviyat haftaligi doirasida navbatdagi tadbir – “WEST GOT TALENT” bo‘lib o‘tdi.
Bu o'quvchilarning ham, o'qituvchilarning ham eng sevimli loyihasi, chunki har yili litsey sahnasida yangi iste'dodlar kashf etiladi, yangi yulduzlar porlaydi!
Bugun ham o‘zining mahorati, ijodkorligi va samimiyati bilan barchani xushnud etgan 23 ta ishtirokchi tomoshabinlar qalbidan joy egalladi.





