+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

MUHIM E'LON!

HURMATLI ABITURIYENTLAR!

Agar kutilmagan holatda cheklovchi qoidalar joriy e'tilmasa, 2023-2024 o'quv yili TXVU ALga kirish imtihonlari yozma imtihon shaklida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bu namuna, abiturientlar uchun imtihon savollarini darajasini ko'rish uchun taqdim qilinmoqda.

2023-2024 O’QUV YILI UCHUN TXVU AKADEMIK LITSEYIGA IQTIDORLI YOSHLARNI SARALAB OLISH SHAKLI:

Dastlabki yozma imtihonlari TXVU tomonidan tashkil etiladi va o’tkaziladi. Dastlabki yozma imtihonlardan umumiy 50% ball to’plagan o’quvchilar Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan ikkinchi bosqich test sinovlariga tavsiya etiladi. TXVU akademik litseyiga hujjat topshiruvchilarni ro’yxatdan o’tkazish Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Dastlabki yozma imtihonlari matematika va Ingliz tili fanlari bo’yicha o’tkaziladi. Imtihonlar ikki fan uchun umumiy 2 soat davom etadi. 2023-2024 o’quv yili uchun TXVU akademik litseyiga o’tish balli ingliz tilidan 40% va matematika fanidan 60% tashkil etadi.

Umumiy ballni hissoblash:

Umumiy imtihon ballini xissoblash Ingliz tili ballini 40% va matematika ballini 60% qilib olinadi, va ikkalasini qo’shib umumiy ball chiqariladi. Umumiy ball qo’yidagi tartibda hissoblanadi:

Umumiy imtihon balli = (umumiy ingliz tili ball * 0.4) + (umumiy matematika ball * 0.6)

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search