+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

O'zbekiston - 2030

1

HAR BIR INSONGA O‘Z SALOHIYATINI RO‘YOBGA CHIQARISHI UCHUN MUNOSIB SHAROITLARNI YARATISH
Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar

1. Maktabgacha ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta'minlash.

2. Umumiy o‘rta ta'lim tizimida “Ta'lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish.

3. Umumiy o‘rta ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish.

4. Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

5. Umumiy o‘rta ta'limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish.

6. Professional ta'lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish.

7. Oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish.

8. Oliy ta'lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta'minotini mustahkamlash.

9. Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yo‘nalishlar bilan boyitish.

10. Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish.

11. Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash.

12. Barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

13. Aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish.

14. Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yana-da yaqinlashtirish.

15. Bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish.

16. Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta'minlash.

17. Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish.

18. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish.

19. Sog‘lom va faol keksalikni ta'minlash.

20. Aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.

21. Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish.

22. Professional ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish.

23. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish.

24. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish.

25. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta'minlash.

26. Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

27. Mamlakatda kambag‘allik darajasini qisqartirish.

28. Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish.

29. Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.

30. Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish.

31. Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish.

32. Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish.

33. Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yana-da ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish.

34. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish.

35. Respublikada sport bilan professional va doimiy shug‘ullanuvchi yoshlar ulushini oshirish.

36. Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.

37. Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish.

38. Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash.

39. O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish.

40. Zamonaviy teatr va sirk san'atini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish.

41. O‘zbek milliy san'atini targ‘ib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish.

42. Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va ommalashtirish bilan bog‘liq faoliyatni yana-da takomillashtirish.

43. Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, tasviriy va amaliy san'at yo‘nalishlarini rivojlantirish.

44.Milliy kinematografiyani rivojlantirish.

2

BARQAROR IQTISODIY O‘SISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASH
Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar

45. 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish.

46. Fiskal barqarorlikni ta'minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish.

47. Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish.

48. Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish.

49. Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yana-da oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish.

50. Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish.

51. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish.

52. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta'minlash.

53. O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish.

54. Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish.

55. Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish.

56. Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish.

57. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish.

58. O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish.

59. Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish.

60. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta'minlash darajasini oshirish.

61. Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan ta'minlash.

3

SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH
Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar

62. Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish.

63. Qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash.

64. Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish.

65. “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste'molini kamaytirish.

66. Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta'sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish.

67. Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish.

68. O‘rmonlar maydonini kengaytirish.

69. Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta'sirini yumshatish.

70. Iqlim o‘zgarishi salbiy ta'sirining oldini olish.

71. Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta'minlash.

72. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash.

73. Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish.

4

QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH
Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar

74. Aholi farovonligini ta'minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka aylantirish.

75. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish.

76. Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish.

77. Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish.

78. Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish.

79. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yana-da oshirish.

80. Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta'minlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish.

81. Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish.

82. Xalq bilan muloqotni yana-da kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish.

83. Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yana-da rivojlantirish, O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha xabga aylantirish.

84. Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta'minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta'minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish.

85. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma'muriy adliya tizimini yana-da rivojlantirish.

86. Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta'minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish.

87. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish.

88. Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish.

89. Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish.

5

“XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH
Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar

90. Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish.

91. Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

92. An'anaviy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qo‘shilish.

93. Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a'zo bo‘lish.

94. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish.

95. Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish.

96. Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yana-da kuchaytirish.

97. Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yana-da oshirish.

98. Favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish.

99. Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash.

100. Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish.

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search