TXVU AL O'QITUVCHILARINING OCHIQ DARSLARI
2021- yil 25-yanvar kuni akademik litseyda Algebra fanidan "1RuG2 guruhida o'qituvchisi N.G.Grigorieva tomonidan " Текстовые задачи. Задачи, сводящиеся к уравнениям. Задачи на движение. Задачи на работу " mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsda texnik vositalaridan foydalanildi. "Ot yurish", kichik guruhlarda ishlash, "Dengiz jangi" singari interaktiv usullar qo‘llanildi.

2021-yil 27-yanvar kuni akademik litseyda 1RuG1 guruhidagi N.G.Grigorieva va N.M.Karimova geometriya fanidan "Uchburchak maydoni" mavzusida qo'shma ochiq dars bo'lib o'tdi. Ochiq darsda "Geometrik kurtak", "Gul yig'ish", "Girlyanda", "Gullar aralashmasi" singari bir necha interaktiv o'qitish usullaridan foydalanildi, kichik guruhlarda ishlandi.




2021-yil 25 - fevralda Akademik litseyda o'zbek tili fani o ‘qituvchisi M.Sh.Zaripova tomonidan 1RuG5 guruhida “G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi tahlili“ mavzusida ochiq dars o‘tkazildi . Ochiq darsda texnik o'qitish vositalari va kichik guruhlarda ishlash, "Savol tanlang" “Qahramonga tavsif bering” kabi bir necha interaktiv o'qitish usullari qo'llanildi. Darsning barcha bosqichlarida talabalar faol qatnashib, G'afur G'ulom ijodidan misollar va parchalar keltirdilar.