+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

TXVU AL o‘quvchilari va ustozlar Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar

2022-yil 20- may kuni TXVU AL o‘quvchilari va ustozlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar.
«Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz», — degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Adiblar xiyobonini g‘oyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bag‘ishlangan yangi yodgorlik majmualari ham yaratilgan.

Alisher Navoiy haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari yaxlit me’moriy va badiiy kompozisiyada, mantiqiy yechim asosida joylashtirilgan bo‘lib,  2017-yilda tashkil etilgan bu majmua o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search