- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 19
"Баркамол авлод" баскетбол республика босқичи
ТХВУ АЛ ўқувчилари "Баркамол авлод" спорт ўйинларининг республика босқичида Тошкент шаҳар баскетбол терма жамоаси таркибида бронза медални қўлга киритдилар. Навбатдаги ғалаба муборак бўлсин!


- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 2
20-Xalqaro Jautikov olimpiada natijalari
Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, O’zbekiston) 680 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi. Matematika fanidan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasining bronza medali sovrindorini 2-kurs talabamizni Abduqayumov Asilbekni tabriklaymiz!
- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 2
MAI vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yilning 20-dekabr kuni TXVU akademik litseyida Moskva aviatsiya instituti vakillari: MAI xalqaro loyihalarni boshqarish bo‘limi mutaxassisi Dumbadze Luiza Aslanovna va №1 institut direktori o‘rinbosari Denis Alekseevich Prokopenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda akademik litsey o‘quvchilari Moskva aviatsiya institutiga o‘qishga qabul qilish qoidalari, institut tomonidan xorijlik talabalar uchun yaratilayotgan imtiyozlar bilan yaqindan tanishdilar. So‘ngra Prokopenko Denis Alekseevich talabalar bilan interfaol trening o‘tkazdi. O‘quvchilar bir necha guruhlarga bo‘linib, tarqatma materiallardan (markerlar, rangli qog‘ozlar, qaychi, elim) foydalanib, uchuvchi apparatlar loyihalashga harakat qilishdi. Trening yakuniga ko‘ra talabalar o‘z qo‘l san’atlarini namoyish etishdi va o‘z ishlari haqida fikr bildirdilar. Uchrashuv interaktiv va ijobiy ruhda o‘tdi. Yakunda akademik litsey o‘quvchilariga MAI vakillarining esdalik sovg‘alari topshirildi.




Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi yoshlar ittifoqi faollari tomonidan poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan 282-sonli ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasida xayriya tadbiri o’tkazildi.
Tadbir so’ngida bolajonlar uchun tayyorlangan ko’ngilochar dasturlar namoyish etildi va sovg’alar ulashildi.



- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 2
Asosiy fan olimpiadasining shahar bosqichi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
2023-yil 1-dekabr kuni Sergeli tumanidagi 339-maktabda asosiy fan olimpiadasining shahar bosqichi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda akademik litsey, ixtisoslashtirilgan va umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi. TXVU akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Shirin Abdullaeva fransuz tili bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichiga muvaffaqiyatli yo‘llanma oldi. TXVU akademik litseyi 1-kurs o‘quvchisi Xasanova Sarvinoz ingliz tili fanidan 1-o‘rinni egallab, 2024-yil uchun asosiy fan olimpiadasining shahar bosqichiga muvaffaqiyatli yo‘llanma oldi.


- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 2
Eurasian Spelling Bee musobaqasi
Joriy yilning 1 -11 noyabr kunlari Malayziyada ELPC Olimpiad tomonidan tashkil etilgan Eurasian Spelling Bee musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 2RuG3 guruhi o'quvchisi – Djusupova Aydariya olimpiada ishtirokchisi bo‘lib, faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.



- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 11
“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz"
2023 yil 30 noyabr kuni Toshkent shahar Mirobod tumani Xokimligi, tuman IIB mas’ul xodimlari va “Ming o‘rik” MFY tomonidan TXVU AL o‘qituvchi- xodimlari va o‘quvchilari uchun “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu suhbat davomida jamiyatimizda gender tenglikni ta’minlash borasida so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni kundalik hayotimizga to‘liq va to‘g‘ri tatbiq etish borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi




- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 6
Xalqaro olimpiadaning saralash bosqichi
Bugun, 10-noyabr kuni xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning I bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur saralash olimpiadasida 4-9-noyabr kunlari bo'lib o'tgan asosiy olimpiadaning III (shahar) bosqichi natijalariga ko'ra 1-5-o‘rinlarni egallagan 9-11-sinf, akademik litsey hamda kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari, shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tavsiya qilingan o‘quvchilar va o'tgan o'quv yilida bo'lib o'tgan xalqaro olimpiadalar g'oliblari ishtirok etishmoqda.
Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi 2 bosqich o'quvchilari ham ushbu saralash bosqichida ishtirok etishmoqda.
Bular, 2RuG1 guruhi o'quvchisi Xamidov Komiljon va 2RuG4 guruhi o'quvchisi Shin Igor informatika fanidan, 2UzG2 guruhi o'quvchilari Abduqayumov Asilbek hamda Raxmonqulov Mirsaid matematika fanidan.



- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 7
O`zbekiston-Yaponiya Markazi hamda quyidagi Yaponiya universitetlari vakillari tashrifi
2023-yil 7-noyabr kuni TXVU akademik litseyiga Yaponiya universitetlarining xalqaro dasturlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish uchun O`zbekiston-Yaponiya Markazi hamda quyidagi Yaponiya universitetlari vakillari tashrif buyurishdi
- Yamanashi Gakuin universiteti (Xalqaro gumanitar fanlar kolleji)
- Toyo universiteti
- Nagoya savdo va biznes universiteti
Uchrashuv davomida yuqoridagi nomlari keltirib o`tilgan universitet vakillari litsey faollar zalida akademik litsey o`quvchilari uchun taqdimot o`tkazdilar.
Ushbu taqdimotdan asosiy maqsad Yaponiya universitetlarida mavjud o`quv dasturlar va yo`nalishlar, o`quvchilarga beriladigan imkoniyatlar, hujjat topshirish jarayonlari, universitetda o`qish afzalliklari haqida ma’lumot berishdan iborat edi. Taqdimot faqatgina ma’lumot berish bilan cheklanmib qolmay, unda interaktiv usullardan foydalangan holda savol-javoblar o`tkazildi hamda savol-javoblarda faol ishtirok etgan o`quvchilar Yaponiya universitetlari vakillari tomonidan maxsus sovg`alar bilan rag`batlantirildi. Akademik litsey o`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Tashrif yakunida O`zbekiston-Yaponiya Markazi vakillari litsey ma’muriyati, listeydagi mavjud shart-sharoitlar, o'quv jarayonlari, “Cambridge A & AS Level” dasturi, litsey ijtimoiy hayoti bilan yaqindan tanishib chiqdilar va fikr almashdilar. Ushbu uchrashuv O'zbekiston-Yaponiya Markazi va TXVU akademik litseyi o`rtasidagi doimiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.





BOG'LANISH
Toshkent shahri, Mirobod tumani
Shahrisabz ko'chasi, 25
-
Ichki raqam: +998 (71) 238-74-27
-
Ma'lumot uchun: +998 (71) 238-74-31
-
Elektron pochta: lyceum@wiut.uz
