- Yangiliklar
- Ko'rildi: 845
BMT Modeli loyihasi
6-8 oktyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan tashkil etilgan BMT modeli loyihasida TXVU AL o‘quvchilari tashkilotchi va delegatlar sifatida faol ishtirok etmoqdalar.
6-8 oktyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan tashkil etilgan BMT modeli loyihasida TXVU AL o‘quvchilari tashkilotchi va delegatlar sifatida faol ishtirok etmoqdalar.
Sharqda azaldan dono oqsoqollarga chuqur hurmat-ehtirom ko‘rsatilgan.
Bugun biz ularni ustoz, murabbiy deymiz.
Ushbu bayram bizga bilim va ko'nikmalarni sarflagan, maslahat va hayotiy tajriba bilan yordam bergan barchaga bag'ishlangan.
O‘zbekistonda 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlanib, bayram arafasida ta’lim muassasalarida tadbirlar faol o‘tkazilmoqda.
2023-yil 28-sentabr kuni TXVU AL da ham katta dastur tashkil etildi, unda talabalarning yorqin chiqishlari, ular mehr bilan tayyorlagan videoroliklar va qiziqarli interaktiv o’yinlar sevimli o‘qituvchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.






Kuz - sport bilan shug'ullanish uchun yilning eng yaxshi vaqtlaridan biri.
Sport mashg'ulotlari stressni yengishga va sog'lig'ingizni yaxshilashga yordam beradi.
Uy vazifasi, masala- misollar ishlash, insho yozish va testlarga tayyorgarlik ko'rishdan charchaganingizda, sport sizga yordam beradi va hech bir litsey o’quvchisi futbol, basketbol yoki voleybol o'ynash imkoniyatini qo'ldan boy bermaydi.
Axir, jamoaviy o'yin juda ko'p mahorat va hissiyotlarni beradi!
11-16 sentabr kunlari litseyda voleybol bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi, unda 16 ta jamoa ishtirok etdi.
Bir qator qiziqarli o‘yinlardan so‘ng 2rug2 va 1rug2 jamoalari finalga chiqdi.
2023 yilda 2RUG2 - guruhi voleybol bo'yicha kuzgi chempionat g'olibiga aylandi.


28 sentabr kuni TXVU AL da milliy liboslarni ommalashtirish va yoshlarning kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Xon Atlas” liboslar festivali tashkil etildi.
Tadbirda litsey rahbariyati, o‘qituvchilari, o‘quvchilari ishtirok etib, Sharqning ushbu ramziy matosidan tikilgan liboslarning maftunkor xilma-xilligini katta zavq bilan namoyish etdilar.
Festival ishtirokchilari o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, kiyinish madaniyati, milliy adras va atlas matolari chuqur tarixga ega ekani, yoshlar ana shunday qadriyatlarni asrab-avaylashi, yuksaltirish va ommalashtirishi zarurligini alohida ta’kidladilar.
“Xon atlas” festivali ana shunday go‘zal va foydali tadbirlardan biriga aylandi.




“Technovation Girls 2023 Senior” xalqaro tanlovida Tecnas jamoasi finalga o‘tdi (dunyoning 2 000 ta jamoasi orasidan TOP-10 jamoalar qatoridan o‘rin oldi). Ushbu jamoa shu yil oktyabr
oyida Kremniy vodiysiga – tanlovning yakuniy bosqichiga yo‘l oladi!
Jamoa Sinov ilovasini ishlab chiqdi: bu virtual laboratoriya bo‘lib, u O‘zbekiston maktablarida laboratoriyalar va uskunalar yetishmovchiligi muammosini hal qiladi.
Ilova VR (virtual voqelik) va Google Cardboard yordamida real ilmiy laboratoriyani imitatsiya qiladi va o‘quvchilarga ilmiy tajribalar o‘tkazish imkonini beradi.
Kremniy vodiysida o‘tkaziladigan final qizlarimizga global maydonda o‘z g‘oyalari va loyihalarini taqdim etish kabi noyob imkoniyatni beradi.
Biz jamoa bilan faxrlanamiz va sa’y-harakatlari uchun ishtirokchi qizlarga va mentorga minnatdorchilik bildiramiz. Ularga final bosqichida omad tilaymiz!
Ishtirokchilar: Gulnoza, Kristina, Samira, Sabina, Ozoda
Mentor: Nodira Tillayeva
Jamoa loyihasi: https://youtu.be/6LdJVlL1iDo
22- sentabr TXVU akademik litseyida "Zakovat" intellektual o’yini o’tkazildi.
Ushbu o’yin o’quvchi yoshlar o’rtasida har hafta ma’lum kunlarda tashkil qilinadi.
"Zakovat" intellektual o’yinini o’tkazishdan asosiy maqsad, o’quvchilarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, do’stona muhitni yaratish, aqliy salohiyatini oshirish va jamoa bilan ishlash ko’nikmasini shakllantirishdan iborat.
Zakovat intellektual o’yiniga litsey o’quvchilaridan tashkil topgan 27ta jamoa geogle platforma orqali ro’yxatdan o’tishdi.
Ushbu boshlangan 1-bosqich turnirida dastlabki 6ta: "Revenge" , "Aristocarts" , "Phoenix", "Friends of Miraziz", "Future", "Quizium" jamoalari ishtirok etishdi va "Friends of Miraziz" jamoasi
1-o’rinni qo’lga kiritib, keying bosqichga yo’llanma olishdi.





2023 – yil 5- sentyabr kuni birinchi bosqich o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarliklarini sinash, ularni jamoada hamkorlik qilishga o‘rgatish, chiniqtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida an’anaviy “First run” sport estafetasi tashkil etildi.
Estafetada 7 ta guruh ishtirok etdi va natijalarga ko‘ra quyidagi guruhlar sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldilar:
1 – o‘rin: 1 RUG2/1RUG3
2- o‘rin: 1 RUG4
3- o‘rin: 1 UZG1







2023-yilning 4-sentabr sanasida Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyida 2023-2024-o‘quv yiliga qabul qilingan 1-bosqich o‘quvchilari uchun “Induction day” loyihasi tashkil etildi.
Loyiha davomida 1- bosqich o‘quvchilaridan tashkil topgan guruhlarni litseyning 2-bosqich o‘quvchilaridan iborat bo‘lgan kuzatuvchilarga biriktirildi.
Kuzatuvchilar litseyning ichki va tashqi hayoti bilan o‘quvchi-yoshlarni tanishtirdi, litseydagi shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va o‘quv jarayonlari haqida to‘liq ma’lumot berdilar.
1-bosqich o‘quvchilari bir-birlari bilan tanishishlari, ahil guruh bo‘lib shakillanishlari uchun kuzatuvchilar tomonidan turli xil interaktiv o‘yinlar tashkil etildi.














Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25
+998 (71) 238-74-27
+998 (71) 238-74-31
lyceum@wiut.uz