- Yangiliklar
- Görüntüleme: 10
Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi
Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!
Kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
25-iyul kuni – 1 smenada o‘tkazilib, soat 15:00 da;
26-iyul kuni 2️ smenada o‘tkazilib:
1️-smena soat 9:00 da;
2️-smena soat 15:00 da boshlanadi.
Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:
➖my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;
➖yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
- Yangiliklar
- Görüntüleme: 9
Bitiruv marosimi 2024
2024- yil 13-iyun kuni Toshkent Хalqaro Vestminster universiteti akademik litseyida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo ‘lib o’tdi. Tadbirga O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Daliyev Shohruh Hojakbarovich va Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti rektori Karimov Komiljon Hamidovich tashrif buyurdilar.




- Yangiliklar
- Görüntüleme: 15
Tarix fanidan ochiq dars bo’lib o’tdi
4-iyun kuni TXVU ALda “Buyuk Ipak Yo’li tarixi Mo’g’uliston, Yaponiya va O’zbekiston nigohida” mavzusida tarix fanidan ochiq dars bo’lib o’tdi. Mashg’ulot Zoom platformasi orqali online tashkil etildi. 3 mamlakat vakillari o’z taqdimotlarini namoyish etib tajriba almashdilar.



- Yangiliklar
- Görüntüleme: 2
Ochiq eshiklar kuni bo’lib o’tdi
31-may kuni TXVUALda ochiq eshiklar kuni bo’lib o’tdi. Tashrif buyurganlarga kirish imtihonlari hamda litsey haqida barcha kerakli ma’lumotlar berildi.



31-may kuni TXVUALda 2023-2024 o’quv yili yakuni bo’yicha 1-bosqich o’quvchilari uchun tantanalı saflanish bo’lib o’tdi. Yilning eng yaxshi o’quvchilari va guruhlari faxriy yorliqlar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.





- Yangiliklar
- Görüntüleme: 14
"Barkamol avlod" sport o‘yinlarini yopilish marosimi
28 May kuni, "Barkamol avlod" sport o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan jamoalarga Prezident sovg‘asini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahar jamoasi safida TXVU AL jismoniy tarbiya o‘qituvchisi O.N.Xodosova va sportning badminton turi bo‘yicha respublika g‘olibi Kattaxodjayev Nozimxon ham marosimda e’tirof etildilar.


- Yangiliklar
- Görüntüleme: 10
Toshkent Xalqaro Matematika Olimpiadasida bronza medali
24 May kuni akademik litseyimizning iqtidorli o'quvchisi Abduqayumov Asilbek yana bir muvaffaqiyatga erishdi.Asilbek birinchi Toshkent Xalqaro Matematika Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiriritdi.Tabriklaymiz!!!

- Yangiliklar
- Görüntüleme: 13
Akademik litseylarga qabul boshlandi
10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
1. 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar) — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
1. oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
2. qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
- Yangiliklar
- Görüntüleme: 2
Gimnastrada Festivali
16-May kuni o’tkazilgan yana bir tadbir bu Gimnastrada Festivali edi. Unda 1-bosqichning 6 ta guruhi ishtirok etdi va o‘zlari tayyorlagan musiqali kompozisiyani hakamlar hay’atiga taqdim etdilar.
Turli sport inventarlari, chiroyli musiqa va gimnastika elementlari bo‘lgan jozibali raqslar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Barcha komandalar chiqishlari baholandi va quyidagi natijalar e’lon qilindi.
1 – o‘rin – 1 RUG2 va 1 RUG3 guruhlari
2 - o‘rin – 1RUG4 va 1 RUG1 guruhlari
3 – o‘rin – 1 UZG1 va 1 UZG2 guruhlari





BOG'LANISH
Toshkent shahri, Mirobod tumani
Shahrisabz ko'chasi, 25
-
Ichki raqam: +998 (71) 238-74-27
-
Ma'lumot uchun: +998 (71) 238-74-31
-
Elektron pochta: lyceum@wiut.uz
