- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 2
Sport musobaqalari “First run”
2023 – yil 5- sentyabr kuni birinchi bosqich o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarliklarini sinash, ularni jamoada hamkorlik qilishga o‘rgatish, chiniqtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida an’anaviy “First run” sport estafetasi tashkil etildi.
Estafetada 7 ta guruh ishtirok etdi va natijalarga ko‘ra quyidagi guruhlar sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldilar:
1 – o‘rin: 1 RUG2/1RUG3
2- o‘rin: 1 RUG4
3- o‘rin: 1 UZG1







- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 10
Prokuror murojaati
- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 41
“Induction day – 2023”
2023-yilning 4-sentabr sanasida Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyida 2023-2024-o‘quv yiliga qabul qilingan 1-bosqich o‘quvchilari uchun “Induction day” loyihasi tashkil etildi.
Loyiha davomida 1- bosqich o‘quvchilaridan tashkil topgan guruhlarni litseyning 2-bosqich o‘quvchilaridan iborat bo‘lgan kuzatuvchilarga biriktirildi.
Kuzatuvchilar litseyning ichki va tashqi hayoti bilan o‘quvchi-yoshlarni tanishtirdi, litseydagi shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va o‘quv jarayonlari haqida to‘liq ma’lumot berdilar.
1-bosqich o‘quvchilari bir-birlari bilan tanishishlari, ahil guruh bo‘lib shakillanishlari uchun kuzatuvchilar tomonidan turli xil interaktiv o‘yinlar tashkil etildi.














- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 2
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
2023 - yil 4 – sentabr kuni Toshkent Xalqaro Vetstminster Universiteti akademik litseyida “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi” munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida tantanali konsert bo’lib o’tdi.





- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 2
TXVUAL o'qituvchilari uchun seminar
2023-yil 31-avgust kuni Evelina Absatarova va Timur Maxkamov TXVUAL o‘qituvchilari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha seminar tashkil qilishdi.
Ishtirokchilar o'zlarining ehtiyojlarini va shaxsiy moliyani boshqarish bo'yicha mavjud bilimlarini yaxshiroq tushunish uchun so'rovnomalar o`tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga o'z maqsad va orzulariga erishish uchun amaliy qadamlar-harakatlar turkumi taqdim etildi, shaxsiy byudjetni rejalashtirish (daromad va xarajatlar) haqida fikr yuritildi, investitsiya va jamg'arish imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘qituvchilar nafaqat o‘z fikrlari va g‘oyalarini bildiribgina qolmay, balki sarmoya, kredit reytingi, O‘zbekiston fond bozori, inflyatsiya, O‘zbekiston banklari reytingi va boshqalar bilan qiziqdilar.



- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 2
“ALWIUT ACADEMY” TAYYORLOV KURSI
Siz yurtimizning eng nufuzli litsey o`quvchilaridan biri bo`lmoqchimisiz? “ALWIUT Academy” tayyorlov kurslarida ta’lim olib bunday imkoniyatga erishishingiz mumkin.
Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) akademik litseyi qoshida tashkil etilgan “ALWIUT Academy” tayyorlov kursi ayni paytda 9-sinf o`quvchilarini TXVU akademik litseyiga kirish imtihonlarining DTM boshqichiga tayyorlaydi.
Mazkur kurs o`quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Yuksak malakali o`qituvchilar yordamida bilim va ko`nikmalarni oshirish;
- Innovatsion texnologiyalar asosida interaktiv ta’lim olish;
- Serqirra ijtimoiy hayot;
- IELTS 5 va undan yuqori ballik sertifikatni qo`lga kiritgan o`quvchilar kirish imtihonlarida ingliz tili fanidan ozod etiladi.
O`quv kursi 2 yo`nalishda olib boriladi:
INGLIZ TILI – IELTS imtihoniga tayyorgarlik
MATEMATIKA – hisoblash ko`nikmalari va mantiqiy masalalar yechish
O`quvchilarning qaysi yo`nalishni tanlashlari ixtiyoriy. (IELTS kamida 5,5 ballik sertifikatga ega o`quvchilar faqatgina matematika yo`nalishida o`qishlari mumkin).
Kurs davomiyligi: 10 oy (haftada 4 marta). Mashg’ulotlar o‘zbek va rus tilida olib boriladi.
Tayyorlov kursiga kirish shartlari:
- Onlayn ro`yxatdan o`tish – 2023 yil 10 - sentyabrgacha.
- Ingliz tili va matematika fanlari asosida 13 sentyabr kunlari o`tkaziladigan kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tish
- O`quv kursi kirish imtihonlaridan umumiy 50% to`plagan o`quvchilar kursga qabul qilinadi. Kirish imtihonlari matematika va ingliz tili fanlari bo’yicha o’tkaziladi. Imtihonlar ikki fan uchun umumiy 2,5 soat davom etadi. 2023-2024 o’quv yili uchun “ALWIUT Academy” tayyorlov kursiga o’tish bali ingliz tilidan 50% va matematika fanidan 50% tashkil etadi.
Ro`yxatdan o`tish uchun talab etiladigan hujjatlar:
- 3x4 rasm
- Tug`ilganlik haqidagi guvohnoma
- IELTS sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)
Onlayn ro`yxatdan o`tish uchun quyidagi havolaga kiring:
https://forms.gle/iFbu8KdrPNPDuPw18
Telegram kanal: https://t.me/prelyceum2023
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25
Murojaat uchun: (71) 238 74 29; (71) 238 74 00 (479)
JOYLAR CHEGARALANGAN!
- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 19
Test natijalari yuzasidan apellyatsiya!
Akademik litseylarga qabul test natijalari yuzasidan apellyatsiya uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Ma’lumki, 2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingan edi (https://t.me/eduuz/15462).
Ushbu kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali apellyatsiya shikoyatini 3-avgustga qadar (shu kuni ham) yuborishlari mumkin.
Arizalar faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.
Apellyatsiya shikoyati vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Apellyatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, abituriyentga Apellyatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida javob xati yuboriladi.
Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
ߔ顰ellyatsiya belgilangan Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topmasa test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qondirilishini rad etish;
ߔ賨ikoyatda ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topsa test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish.
Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 2
IMTIHON NATIJALARI 2023
Hurmatili o'quvchilar va ota-onalar!
Akademik litsey kirish imtihon natijalari (mandat) 29-iyul kuni e'lon qilindi. Ularga ko'ra, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyiga o'tish balli quyidagicha shaklandi:
Ta'lim tili O'zbek tili bo'lgan guruhlar - 106.0
Ta'lim tili Rus tili bo'lgan guruhlar - 104.0
TXVU akademik litsey mandati litsey rasmiy saytida e'lon qilingan: lyceum.wiut.uz
- Yangiliklar
- Ko‘rishlar: 11
Diqqat Eʼlon!!!
Hurmatli o'quvchilar va ota-onalar!
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 12-iyuldagi 2/14-4/2-347-sonli hatiga muvofiq, Bilim va malakalarni oshirish agentligi (avvalgi Davlat Test Matkazi) tomonidan o'tkaziladigan kirish test sinovlari 2023-yil 24-iyulga belgilangan.
Test sinovlar bo'yicha barcha ma'lumotlar (imtihon joyi, vaqti vhq) Vazirlik tomonidan e'lon qilinadi va Vazirlikning va TXVU akademik litseyning rasmiy vositalarda e'lon qilinib boriladi.
Vazirlik veb-sayti: my.edu.uz
Litsey veb-sayti: lyceum.wiut.uz
Telegram kanal: lyceum_wiut_uz
BOG'LANISH
Toshkent shahri, Mirobod tumani
Shahrisabz ko'chasi, 25
-
Ichki raqam: +998 (71) 238-74-27
-
Ma'lumot uchun: +998 (71) 238-74-31
-
Elektron pochta: lyceum@wiut.uz
