- Yangiliklar
- Ko'rildi: 676
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyi o‘quvchilari yosh tadbirkorlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Yoshlar ishlari agentligi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamkorligida yosh tadbirkorlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan kelgan 100 ortiq yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
Ushbu ko‘rgazma mamlakatimiz yosh tadbirkor, hunarmand va fermerlarining namunali tajriba va yutuqlarini ommalashtirish, yoshlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka qiziqishini kuchaytirish, ularning tashabbuskorlik, bunyodkorlik va ijodiy faoliyatini kengaytirish maqsadida tashkil qilindi. Ushbu ko‘rgazmaga Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyi o‘quvchilari ham tashrif buyurishdi.
Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan yosh tadbirkorlar o‘z faoliyat turlari, qiyinchilik va mas’uliyati, yutuqlari haqida o‘quvchilar bilan muloqot qilishdi.