+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

Stol tennisi bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlandi

O'zbekiston stol tennis federatsiyasi, O'zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi Toshkent shahar mintaqaviy bo'limi hamda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi hamkorlikda poytaxtimizda joylashgan akademik litsey talabalari o'rtasida sportning stol tennisi bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu turnir O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyda bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada jami 25 ta akademik litsey va professional ta'lim tizimida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlar o'z omadlarini sinab ko'rishdi. TXVU ALdan G'ulomova Samira va Saydullaeva Moxichehra 2-o'rinni egallashdi.  G'olib va sovrindorlar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. 

Ushbu musobaqalar yoshlar o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va ertamiz egalarini har tomonlama sog'lom va barkamol bo'lib voyaga yetishlariga xizmat qilmoqda.

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search