2022-yil 8-noyabr kuni TXVU akademik liseyi 1RuG1, 1 RuG7. 1Rug5 guruhlarida Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ning 28-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish. Psixotrop va narkotik moddalarning salbiy ta’siri” mavzularida profilaktik suhbat tashkil etildi.
Suhbatga Mirobod tumani 2- son IIB XPB yoshlar masalalari buyicha profilaktika katta inspektori mayor Nabirayeva V.M va milliy gvardiya ofitser – psixologi Sobirjonova K.T ishtirok etdi.
Voyaga yetmaganlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlar soni va turi, ushbu xolatlarda belgilanayetgan jazo turlari va muddatlari, jinoyatga qanday holatlar sabab bo‘layotgani haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ofitser - psixolog Sobirjanova K.T tomonidan interaktiv usulda emosional zo‘riqishning oldini olishga qaratilgan trening tashkil etildi.