TXVU Akademik litseyi rahbariyati 2022-2023 o‘quv yili uchun 16-iyul bo'lib o'tadigan kirish imtihonlari sanalari haqida e’lon qiladi. 
Kirish imtihonlari 2022-yil 16-iyul kunlari soat 07:30 (birinchi slot) va 12:30 (ikkinchi slot)da o‘tkaziladi.
Familiya, ismingiz, imtihon kuni va vaqtini Litseyning rasmiy veb-sahifasi (lyceum.wiut.uz) va rasmiy telegram kanali orqali topishingiz mumkin.
Imtihonlarga rasmiy maktab formasida (och rang ko‘ylak, to‘q rang shim) kelishingizni so‘raymiz.
Abituriyentlar quyidagi narsalarni imtihonga olib kelishi SHART:
- Pasport yoki ID pasport yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma (litsey.edu.uz platformasida ko‘rsatilgan hujjat bo‘lishi SHART!!!)
 - Ruxsatnoma (litsey.edu.uz saytidan yuklangan )
 - Gigiyenik niqob
 - Suv
 - Ruchka, qalam, sirkul va chizg‘ich
 
Siz quyidagi narsalar bilan imtihonga KIRITILMAYSIZ:
- Telefon va boshqa texnik vositalar
 - Kalkulyator
 - Sumka
 
Hujjatsiz va imtihonga kechikib kelgan abituriyentlar imtihonga QO‘YILMAYDI!!!
KIRISH IMTIHONLARI SANASI VA VAQTI
| 
 Sana  | 
 Vaqt  | 
 Ro'yhat  | 
| 
 16.07.2022  | 
 7:30  | 
|
| 
 16.07.2022  | 
 12:30  | 
										
										
										