+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

TOJIKISTON RESPUBLIKASI, DUSHANBE SHAHRIDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO‘YICHA "ISI JUNIOR-2022" OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 1-7-iyul kunlari Tojikiston respublikasi, Dushanbe shahrida informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha "ISI Junior-2022" olimpiadasi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekistonlik 4 nafar iqtidorli o‘uvchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar. Ushbu olimpiadada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Belarus, Afg‘oniston, Turkmaniston va Rossiya Federatsiyasidan 158 nafar o‘quvchi va 28 nafar murabbiy ishtirok etdi. Onlayn tarzda Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Shri-Lanka, Xitoy, Suriya va Kuba davlatlaridan 134 nafar ishtirokchi, jami 20 ta jamoa ishtirok etdi.



Olimpiadada ishtirokchilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Olimpiadada jamoaviy ishtirok uchun esa 1 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
Valijonov Dilyor Dilshodbek o‘g‘li - oltin medal, Andijon viloyati, Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Jo‘rabekov Otabek Jo‘rabek o‘g‘li - oltin medal, Toshkent shahar, Mirobod tumani, “Profi school” maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;
Mansuraliyev Husanboy Murotali o‘g‘li -  kumush medal,  Namangan viloyati, Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Kim Svyatoslav Sergeyevich - bronza medal, Toshkent shahar, Xalqaro Westminster universiteti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi;

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search