+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

Psixolog
Malaka talablari:
  • Kamida bakalavr darajasidagi maxsus psixologik yoki oliy pedagogik ma’lumot;
  • Ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish;
  • O'zbek va rus tillarini bilish;
Lavozim vazifalari:
  • O‘quvchilarning muassasalarda tarbiyalash va o‘qitish jarayonida ruhiy, jismoniy va ijtimoiy farovonligini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish;
  • Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashish, akademik litsey ijtimoiy sohasini uyg‘unlashtirishga ko‘maklashish va ijtimoiy jihatdan ko‘nika olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
  • Akademik litseyning me’yoriy-uslubiy hujjatlariga mos holda ijtimoiy-psixologik xizmatni tashkil qilish, o‘quvchilarga maxsus metodikalar asosida psixologik-pedagogik va ijtimoiy-psixologik tashxis qo‘yish, o‘quvchi shaxsini rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash;
  • O‘quvchilar rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli ko‘rinishdagi psixologik yordam (psixokorreksiya, reabilitatsiya va maslahat) berish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, o‘quvchilar, ota-onalar (qonuniy vakillar), pedagogik jamoaga aniq muammolarni hal qilishda yordam berish;
  • Turli yo‘nalish va maqsadlardagi psixologik diagnostikani o‘tkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy, qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar o‘tkazish, test natijalarini tahlil qilish va baholash;
  • O‘qituvchilar jamoasi va ota-onalarga o‘quvchilarning shaxs va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi muammolari bo‘yicha yo‘nalish berish maqsadida o‘rganish natijalariga ko‘ra psixologik-pedagogik xulosa tuzish;
  • O‘quvchilar shaxsining individual va yoshi, jinsini hisobga olib ta’lim faoliyatini rivojlantiruvchi va tuzatuvchi dasturlarni rejalashtirish va ishlab chiqishda ishtirok etish, ularda hayotiy va kasbga yo‘nalish olishning turli vaziyatlariga moslashuvchanlikka tayyorgarlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • Iqtidorli o‘quvchilarni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning rivojlanishi va izlanishlariga ko‘maklashish;
  • O‘quvchilarning rivojlanishidagi (aqliy, jismoniy, hissiy), turli ko‘rinishdagi ijtimoiy rivojlanishidagi muammosini aniqlash va ularni psixologik-pedagogik jihatdan tuzatishni amalga oshirish;
  • O‘quvchilarning yoshi bilan bog‘liq, psixologik va jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda foydalanilayogan pedagogik texnologiyalar, o‘qitish uslublari va vositalarining imkoniyatlari va cheklovlarini tahlil qilish;
  • Ta’lim dasturlarini amalga oshirishning barcha darajalariga nisbatan ta’lim jarayonini tashkil etishning mazmuni va shakllarini izchilligini ta’minlovchi ta’lim muxitini loyihalashtirish bo‘yicha psixologik tavsiyalarni ishlab chiqish;
  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalangan holda ta’lim dasturini o‘zlashtirishning shaxsiy va metapredmet natijalarini monitoringini o‘tkazish;
  • Pedagog va ma’muriy xodimlar, o‘quvchilarning ota-onalari (qonuniy vakillari)ni psixologik-pedagogik kompetentliligini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • O‘quvchilarning yoshi bilan bog‘liq, psixologik va jismoniy xususiyatlariga muvofiq ravishda individual o‘quv rejalar ishlab chiqish, ta’lim va tarbiyaning eng maqbul pedagogik texnologiyalarini tahlil qilish va tanlash;
  • O‘quvchilar, pedagogik jamoa, ota-onalarning psixologik va jinsiy tarbiya madaniyatini shakllantirish;
  • O‘quvchilar, pedagogik xodimlar, ota-onalarning ijtimoiy-psixologik xabardorlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan psixologiyani amalda qo‘llash, akademik litseyning rivojlanishi masalalarida maslahatlar berish.
Ish sharoitlari:
  • Ish jadvali 6/1 Olti kunlik ish haftasi. (Shanba - qisqartirilgan kun);
  • Maoshni o'z vaqtida to'lash;
  • O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan rasmiy ish bilan ta'minlash;
  • Qulay ish sharoitlari;

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search