+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

MAI vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 20-dekabr kuni TXVU akademik litseyida Moskva aviatsiya instituti vakillari: MAI xalqaro loyihalarni boshqarish bo‘limi mutaxassisi Dumbadze Luiza Aslanovna va №1 institut direktori o‘rinbosari Denis Alekseevich Prokopenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvda akademik litsey o‘quvchilari Moskva aviatsiya institutiga o‘qishga qabul qilish qoidalari, institut tomonidan xorijlik talabalar uchun yaratilayotgan imtiyozlar bilan yaqindan tanishdilar. So‘ngra Prokopenko Denis Alekseevich talabalar bilan interfaol trening o‘tkazdi. O‘quvchilar bir necha guruhlarga bo‘linib, tarqatma materiallardan (markerlar, rangli qog‘ozlar, qaychi, elim) foydalanib, uchuvchi apparatlar loyihalashga harakat qilishdi. Trening yakuniga ko‘ra talabalar o‘z qo‘l san’atlarini namoyish etishdi va o‘z ishlari haqida fikr bildirdilar. Uchrashuv interaktiv va ijobiy ruhda o‘tdi. Yakunda akademik litsey o‘quvchilariga MAI vakillarining esdalik sovg‘alari topshirildi.

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search