+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

O'QISHGA KIRISH QOIDALARI

IMTIHONLAR TARTIBI VA HUJJAT TOPSHIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3 - dekabrdagi "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi  PQ-4910-sonli qaroriga binoan, TXVU akademik litseyiga 2021-2022 o'quv yilida kirish imtihonlar tajriba tariqasida IKKI BOSQICHLI TIZIM asosida o'tkaziladi:

1 - bosqich

1. Birinchi bosqichda abituriyentlar dastlabki yozma imtihonni ingliz tili va matematikadan TXVU hududida topshiradilar. Matematika fanidan imtihon savollari ingliz tilida bo'ladi.

2 - bosqich

2. Ikkinchi bosqichda abituriyentlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan maxsus hududlarda o'tkaziladigan test sinovlarini topshiradilar.

TXVU akademik litseyiga hujjat topshiruvchilarni ro'yxatdan o'tkazish Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi. 

Shuningdek, TXVU akademik litseyi veb-saytidagi havola orqali abiturientlar imtihonga kirishga ruhsatnoma olish uchun RO'YXATDAN O'TISHLARI KERAK. 

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi Qarorining 10-bandiga asosan, hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so'ng haujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish taqiqlanadi.

Kirish imtihonlari iyul oyiga rejalashtirilgan bo'lib, aniq kuni va vaqti bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi veb- sahifadagi yoki telegram kanaldagi yangiliklarni muntazam kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz. 

FAN OLIMPIADALARI, TANLOVLAR G‘OLIBLARI VA FANLARNI O‘ZLASHTIRISH SERTIFIKATIGA EGA BO‘LGANLAR UCHUN IMTIYOZLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari orasida respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar g‘oliblari va fanlarni o‘zlashtirish sertifikatiga ega bo‘lganlar uchun imtiyozlar belgilab berilgan. Unga ko‘ra, fan olimpiadalarning respublika bosqichida 1-3-o‘rinlarni olgan yoki yuqorida aytib o‘tilgan qarorda belgilangan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari akademik litseyning mos yo‘nalishiga hujjat topshirganda, dastlabki yozma imtihondan ozod etiladi va ixtisoslik fani bo‘yicha test sinovidan eng yuqori ball beriladi.

Shuningdek, ikki yildan ko‘p bo‘lmagan IELTS yoki TOEFL sertifikati bor abituriyentlar  akademik litseyning ingliz tili fanidan imtihon topshirishlari shart emas. IELTS yoki TOEFL sertifikatini asl nus'hasini olib kelganida sertifikatidagi ball hisoblanadi.

*Litsey ma'muriyati hujjat qabuli va imtihonlar sanalariga o'zgartirish kiritishga haqlidir.

Akademik litseyga kirish shartlari haqidagi to'liq ma'lumot, o'tgan yilgi imtihonlar namunasi quyidagi veb-sahifada mavjud: 

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search