+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI VA KЕRAKLI HUJJATLAR

Akademik litseyga 2021-2022- o‘quv yilida kirish uchun hujjat topshirish IKKI BOSQICHDAN iborat bo‘ladi:

BIRINCHI BOSQICH

TXVU AKADEMIK LITSEYI IMTIHONIGA RUXSATNOMA OLISH UCHUN:

  1. Birinchi bosqichda abituriyent quyidagi veb-sahifa orqali http://lyceumadmission.wiut.uz/ ro‘yxatdan o‘tishi shart. Internet orqali 2021- yil 20-iyundan 30-iyungacha (Toshkent vaqti bilan 17:00 gacha) ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo’ladi.
  2. Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin, 2021-yil 21-iyundan 30-iyungacha har kuni elektron pochtangizni doimiy ravishda tekshirib turing. Abiturientning elektron pochtasiga muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tganligini tasdiqlovchi yoki rad etilganligi haqidagi xabar boradi.
    TXVU akademik litseyi Qabul komissiyasi barcha topshirilgan onlayn arizalarni ko‘rib chiqadi. So‘ralgan hujjatlarni to‘g‘ri yuklagan abituriyentlarga xabar yuboriladi. Muvaffaqiyatli topshirilgan onlayn arizalarning STATUS degan joyida “TASDIQLANDI” yozuvini ko‘rish mumkin bo’ladi.
    Agar abituriyent so‘ralgan hujjatlarni to‘g‘ri yuklamasa “RAD ETILDI” yozuvi ko’rinadi. RAD ETILGAN arizadagi hujjatlarni abiturient shaxsiy kabinetiga kirib 2021-yil 30-iyun soat 18:00 ga qadar to‘g‘irlash imkoniyati mavjud. Bundan so‘ng, onlayn arizalarga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi.
  3. Muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tganligi tasdiqlangandan keyin 5-iyulgacha kirish imtihoniga RUXSATNOMA elektron tarzda abiturientning shaxsiy kabinetida paydo bo’ladi.
  4. Abiturient RUXSATNOMAni printerdan chiqarib, PASPORT yoki TUG’ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANI ASL NUSXASI bilan birga imtihonga olib kelishi shart!
  5. TXVU akademik litseyiga abiturient tomonidan quyidagi hujjatlar Internet orqali yuklanishi shart:

    1) Internet orqali onlayn anketa to‘ldiriladi;
    2) Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi;
    3) Maktabdan 9-sinfni tugatganligi to‘g‘risida shahodatnomaning TO‘LIQ elektron shakli (agar maktabdan olingan bo'lsa);
    4) 3x4 o‘lchamdagi oxirgi 3 oy mobaynida tushurilgan rangli elektron fotosurat.
    5) Agar mavjud bo’lsa IELTS yoki TOEFL sertifikati, Respublika va Xalqaro fan olimpiyadasi g’olibligi sertifikati nusxasi (asl nusxasini imtihongacha olib kelib ko’rsatib ketishi shart).

Imtihon kuni va vaqti abituriyent profilidagi RUXSATNOMA (PRINT PASS) ustiga yozilgan bo‘ladi.

IKKINCHI BOSQICH

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI VEBSAYTIDA RO’YXATDAN O’TILADI

  1. Ikkinchi bosqichda abituriyent quyidagi http://litsey.edu.uz/ veb-sahifasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi shart. Internet orqali 2021-yil 20-iyundan 30-iyungacha ro‘yxatdan o‘tish shart.
  2. Bu havola orqali ro’yxatdan o’tish Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi talabidir.

*** Shuningdek, agar Abiturient yuqorida aytib o‘tilgan vebsaytlar orqali ro’yxatdan o’tishda muammoga duch kelsa, TXVU Akademik litseyiga an’anaviy tarzda hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. An’anaviy tarzda topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar litseyga kerakli hujjatlarni elektron shaklda (fleshkada) va shaxsiy elektron pochta (e-mail) parolini olib kelishlari lozim. An’anaviy tarzda hujjat topshirmoqchi bo’lganlar +998712387427 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib, hujjat olib kelish vaqtini belgilab olishi shart.

ONLAYN ANKЕTANI MOBIL TЕLЕFONDAN TO‘LDIRISH TAVSIYA ETILMAYDI.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi Qarorning 10-bandiga asosan, hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so‘ng hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish mumkin emas.

Kirish imtihonlari iyul oyiga rejalashtirilgan bo‘lib, aniq kuni va vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Ma’lumot olish uchun shaxsiy kabinetingizni, quyidagi veb-sahifadagi yoki telegram kanaldagi yangiliklarni muntazam kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz.

*** Litsey ma’muriyati hujjat qabuli va imtihonlar sanalariga o‘zgartirish kiritishga haqlidir.

Akademik litseyga kirish shartlari haqidagi to‘liq ma’lumot va o‘tgan yilgi imtihon topshiriqlari namunasi quyidagi veb-sahifada mavjud:

www.lyceum.wiut.uz

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon: +99871 238-74-27

 

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search