O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Chennay (Hindiston) shahrida o‘tkazilayotgan 44-shaxmat olimpiadasining 11-turida Gollandiya terma jamoasini mag‘lub etib, turnir chempioni bo‘ldi. 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuv 2,5:1,5 hisobida yakunlandi.
20 yoshli Nodirbek Yoqubboyev (2620) 23 yoshli Yorden Van Forest (2678) bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchrayotgandi, biroq vaziyatni o‘nglab, uchrashuvni durangga olib chiqdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi 11 tur davomida beshta g‘alaba, oltita durang qayd etdi va birorta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmadi (11 tadan 8 ochko).
17 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov va ayni damda dunyoning eng yaxshi 10 nafar shaxmatchisi qatoridan joy olgan 28 yoshli Anish Giri (2760) o‘rtasida ham g‘olib nomi aniqlanmadi, ustunlik o‘zbekistonlik sportchi tarafida edi. U g‘alaba qozonsa, reytingi 2700 dan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar ro‘yxatiga kirishi mumkin edi.
11 tuv davomida Abdusattorov sakkizta g‘alabaga erishdi, jumladan, 10-turda hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi o‘yinda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi, uch marta durang o‘ynadi va bor-yo‘g‘i bir marta mag‘lubiyatga uchradi (11 tadan 8,5 ochko).
16 yoshli grossmeyster Javohir Sindarov (2629) garchi uchrashuv davomida ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsa-da, 27 yoshli Benyamin Bok (2616) bilan durangga rozi bo‘ldi.
O‘zbekistonlik 10 uchrashuvda beshta g‘alaba qozonib, uch marta durang o‘ynadi va ikki marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi (10 o‘yindan 6,5 ochko).
Parallel o‘tkazilgan o‘yinlarda Hindiston-2 terma jamoasi Germaniyani mag‘lub etdi (3:1), Armaniston esa Ispaniyani (2,5:1,5) ortda qoldirdi, shu sababli O‘zbekistonga medal olish uchun g‘alaba kerak edi. Hal qiluvchi o‘yinda 27 yoshli Jahongir Vohidov (2564) 20 yoshli Maks Uormerdam (2610) ustidan ustunlik qildi va O‘zbekistonga shaxmat olimpiadasidagi ilk g‘alabani keltirdi.
Vohidov jami sakkizta o‘yin o‘tkazib, beshta g‘alaba qozongan va uch marta durang qayd etgan (8 o‘yindan 6,5 ochko).
Turnirda 20 yoshli Shamsiddin Vohidov (2552) ham terma jamoa safida o‘ynadi. U uchta g‘alaba va bitta mag‘lubiyatsiz durang qayd etdi (4dan 3,5 ochko).
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 11 tur yakuniga ko‘ra, 19 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab, mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa maqomini saqlab qoldi. Ikkinchi o‘rinni Armaniston (19 ochko), uchinchi o‘rinni Hindiston-2 (18 ochko) egalladi.
Kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda bir smenada o‘tkaziladi.
Test sinovlari soat 8:00 boshlanadi.
Test sinovlarini o‘tkazish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
34-Xalqaro Informatika olimpiadasi 7-15 avgust kunlari Indoneziya davlatida o‘tkaziladi.
Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashadigan terma jamoa tarkibi bilan tanishing:
1. Xo‘jayev Dilshod Zafarovich - Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi AFIDUM 10-sinf o‘quvchisi;
2. Kim Svyatoslav Sergeyevich - Toshkent shahar, Xalqaro Westminster universiteti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi;
3. Mansuraliyev Xusanboy Murotali o‘g‘li - Namangan viloyati, Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
4. Valijonov Dilyor Dilshodbek o‘g‘li - Andijon viloyati, Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Jamoamizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
Suratda jamoa a’zolari va terma jamoa rahbari.
Bugun Xalq ta’limi vazirligida o‘quvchilarimizni Respublika fan olimpiadalariga tayyorlagan o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2023-2024 o'quv yili uchun KEMBRIJ XALQARO A-LEVEL kurslari qabuli ochilganligi haqida ma'lum qilamiz.
KEMBRIJ XALQARO A-LEVEL kurslari Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) va dunyoning 130ta davlatdagi tanilgan universitetlarida o'qishni rejalashtirgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan.
KEMBRIJ XALQARO A-LEVEL kurslariga hujjat topshirmoqchi bo'lgan, lekin TXVU akademik litsey kirish imtihonlarida qatnashmagan yoki pastroq ball to'plagan barcha abituriyentlar uchun Universitet binosida INGLIZ TILI va MATEMATIKA fanlaridan imtihonlarni o'tkazishni boshlaydi.
KEMBRIJ XALQARO A-LEVEL kurslariga hujjat topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar cambridge-admission.wiut.uz veb-sayti orqali ro'yxatdan o'tishlari kerak. Ro'yhatdan o'tgandan so'ng, abituriyentlar elektron pochtasini muntazam tekshirishlari kerak!
Ariza topshirshirish muddati - Dushanba, 14-avgust, 2023 23:59.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun:
Tel.: +99871 2387427/23
Barcha e'lonlar quyidagi veb-sayt va Telegram kanalda berilib boriladi:
Veb-sayt: https://lyceum.wiut.uz/uz/cambridge-international-a-level-uz
Ro'yhatdan o'tish veb-sayti: https://cambridge-admission.wiut.uz
Telegram kanal: https://t.me/+-eckdvuIetlmMmJi
Kiberxavfsizlik Instituti va AQSh Savdo Departamentining Biznes Huquq va Rivojlanish Dasturi (CLDP) bilan hamkorlikda kiberxavfsizlik bo‘yicha O‘zbekiston-Amerika seminarining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Kibertayyorgarlik bo'yicha seminar va dastur texnik ma'lumotlardan yoki sanoatdan qat'i nazar, kichik va o'rta korxonalar (KO'B) uchun aniq va tushunarli treninglarni ta'minlash uchun mo'ljallangan.
Treningni AQSh Kiberxavfsizlik institutining mintaqaviy direktori Lessi xonim olib bordi.
YUKLAB OLISH: KIRISH IMTIHON NATIJALARI 2022
2022-2023 O'QUV YILI
O'Z ISMINGIZNI ALFAVIT TARTIBIDA TOPISHINGIZ MUMKIN
O'TISH BALLI: 50%
*Apellyatsiya uchun arizalar 2022-yil 21-iyul 17:00gacha qabul qilinadi.
Litsey veb-sayti: www.lyceum.wiut.uz
Vazirlik veb-sayti: litsey.edu.uz
Telegram-kanal: https://t.me/lyceum_wiut_uz
SANA: 20.07.2022
Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25
+998 (71) 238-74-27
+998 (71) 238-74-31
lyceum@wiut.uz