Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi qo‘shma dastur uchun saralash imtihoni
Qo‘shma dastur saralash imtihonlari 2024-yil 20-avgust kuni soat 10:00 bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Ariza bilan murojaat qilgan abituriyentlar kuyidagi narsalar bilan kelishlari SHART:
Shaxsiy buyumlar (sumka, ryukzak) va elektron vositalar (uyali telefon, smart soat, qulokga tutgich vhq.) bilan imtihonga kelish QAT’IYAN TAQIQLANADI !!!
Talabgorlar Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining talabalar kirish joyidan (Amir Temur tor ko‘chasi) kiritiladi.
Imtihonga kechib yoki hujjatsiz kelgan o‘quvchilar kiritilmaydi!
🔥🔥🔥 «ALWIUT ACADEMY» ТАЙЁРЛОВ КУРСИ🔥🔥🔥
❓ Сиз юртимизнинг энг нуфузли лицей ўқувчиларидан бири бўлмоқчимисиз? 🏋️♀️🏋️♀️🏋️♀️ «ALWIUT Academy» тайёрлов курсларида таълим олиб бундай имкониятга эришишингиз мумкин.
Тошкент шаҳридаги халқаро Вестминстер университети (ТХВУ) академик лицейи қошида ташкил этилган “ALWIUT Academy” тайёрлов курси айни пайтда 9-синф ўқувчиларини ТХВУ академик лицейига кириш имтиҳонларига тайёрлайди.
📣 Мазкур курс ўқувчиларга қуйидаги имкониятларни тақдим этади:
✅ Юксак малакали ўқитувчилар ёрдамида билим ва кўникмаларни ошириш;
✅ Инновацион технологиялар асосида интерактив таълим олиш;
✅ Серқирра ижтимоий ҳаёт;
✅ IELTS 5 ва ундан юқори баллик сертификатни қўлга киритган ўқувчилар кириш имтиҳонларида инглиз тили фанидан озод этиладилар.
❗️ Тайёрлов курси 2 йўналишда олиб борилади:
1️⃣ ИНГЛИЗ ТИЛИ –IELTS имтиҳонига тайёргарлик
2️⃣ МАТEМАТИКА – ҳисоблаш кўникмалари ва мантиқий масалалар ечиш.
📌 Ўқувчиларнинг кайси йўналишни танлашлари ихтиёрий (IELTS камида 5,5 баллик сертификатга эга ўқувчилар фақатгина математика йўналишида ўқишлари мумкин).
⏰ Курс давомийлиги: 10 ой (ҳафтада 4 марта, 2 кун инглиз тили ва 2 кун математика). Машғулотлар ўзбек ва рус тилида олиб борилади.
🇺🇿 Тайёрлов курси нархи ҳар бир фанга 10 ой давом этадиган ўқиш учун 8 000 000 сўм. 💥 2 та фан учун эса 10 ой давом этадиган ўқиш учун 16 000 000 сўм💥
⚠️ Тайёрлов курсига кириш шартлари:
1️⃣ Онлайн рўйхатдан ўтиш – 2024 йил 25 августгача.
2️⃣ Инглиз тили ва математика фанлари асосида 28-29-август кунлари ўтказиладиган кириш имтиҳонларидан муваффақиятли ўтиш
3️⃣ Тайёрлов курси кириш имтиҳонларидан умумий 50% тўплаган ўқувчилар курсга қабул қилинади. Кириш имтиҳонлари математика ва инглиз тили фанлари бўйича ўтказилади. Имтиҳонлар икки фан учун умумий 2,5 соат давом этади. 2024-2025 ўқув йили учун“ALWIUT Academy” тайёрлов курсига ўтиш бали инглиз тилидан 50% ва математика фанидан 50% ташкил этади.
‼️ Рўйхатдан ўтиш учун талаб этиладиган ҳужжатлар:
1️⃣ 3х4 расм
2️⃣ Туғилганлик ҳақидаги гувоҳнома
3️⃣ IELTS сертификати (агар мавжуд бўлса)
🖥 Онлайн рўйхатдан ўтиш учун қуйидаги ҳаволага киринг:
🔥 https://forms.gle/t6CQvJ23dn7Qny5JA
🔥 Телеграм канал: https://t.me/+4gK_mQyN5mwwZTky
⛪️ Манзил: Тошкент шаҳри, Миробод тумани, Шаҳрисабз кўчаси, 25
☎️ Мурожаат учун: (71) 238 74 29; (71) 238 74 00(479)
⏳ ЖОЙЛАР ЧЕГАРАЛАНГАН!
Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi 2024-2025 – o’quv yili uchun Cambridge interneational school qo‘shma dasturi asosida ta’lim faoliyati olib boriladigan guruh ochilishini e’lon qiladi.
Qo’shma dastur to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Qo’shma dastur doirasida tahsil olmoqchi bo‘lgan o‘quvchi ota-onasi tomonidan akademik litsey ijrochi direktori nomiga ariza taqdim etiladi;
Ushbu guruhda o’qishga qabul qilish uchun arizalar faqat O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlardangina qabul qilinadi;
Qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqichda ingliz tilida matematika va mantiqiy fikrlash bo’yicha yozma imtihon topshiriladi. Sinovdan 60 % ball to’plagan abiturientlar ikkinchi bosqichga o’tkaziladi;
2-bosqichda abiturientning tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatini aniqlash uchun suhbat o’tkaziladi.
To’lov-kontrakt miqdori bir o’quv yili uchun – 25.000.000 so’m
Arizalar 2024 -yil 9 avgust soat 17:00 gacha qabul qilinadi.
MUHIM E'LON
Hurmatili o'quvchilar va ota-onalar!
1. Akademik litsey kirish imtihon natijalari (mandat) 1-avgust kuni e'lon qilindi. Ularga ko'ra, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyiga o'tish balli quyidagicha shaklandi:
Ta'lim tili O'zbek tili bo'lgan guruhlar - 121.7
Ta'lim tili Rus tili bo'lgan guruhlar - 118.6
2. Imtihon natijalari bo'yicha apellyatsiya my.edu.uz saytidagi o’quvchining shaxsiy profili orqali onlayn ariza orqali amalga oshiriladi. Agar, hozirda platforma ishlamayotgan bo’lsa, bu bo’yicha qo’shimcha ma’lumot beriladi. Shaxsiy profilga kirib, litsey vebsayti va terlegram kanalini kuzatib turishingizni tavsiya qilamiz.
3. TXVU akademik litseyiga muvaffaqiyatli o’tgan o'quvchilar zudlik bilan bugun va dushanba kuni 2 va 5 avgust) kunlari akademik litseyning O'quv bo'limiga kelishlari shart. O'quvchilar my.edu.uz platformasida o'tgan asl hujjat (tug’ilganlik haqida guvohnoma yoki ID pasport) bilan kelishlari kerak.
O'quv bo'lim ish vaqti:
9:30-12:00 va 14:00-17:00
2 avgust kuni qabul vaqti: 14:00-17:00
Hujjat topshirish 8-avgust (payshanba) soat 17:00 ga qadar davom etadi.
Barcha savollarga qo'shimcha ma'lumot Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi my.edu.uz saytida, TXVU litseyi vebsaytida lyceum.wiut.uz, telegram kanalida https://t.me/lyceum_wiut_uz, va kol-markazda beriladi: +998712387427
Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!
Kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
25-iyul kuni – 1 smenada o‘tkazilib, soat 15:00 da;
26-iyul kuni 2️ smenada o‘tkazilib:
1️-smena soat 9:00 da;
2️-smena soat 15:00 da boshlanadi.
Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:
➖my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;
➖yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
2024- yil 13-iyun kuni Toshkent Хalqaro Vestminster universiteti akademik litseyida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo ‘lib o’tdi. Tadbirga O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Daliyev Shohruh Hojakbarovich va Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti rektori Karimov Komiljon Hamidovich tashrif buyurdilar.
Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25
+998 (71) 238-74-27
+998 (71) 238-74-31
lyceum@wiut.uz