+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

TXVU akademik litseyi 2024-2025 - o'quv yili uchun Cambridge International School qo'shma dasturi asosida yangi guruhlar ochilishi haqida ma'lumot

Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi 2024-2025 – o’quv yili uchun Cambridge interneational school qo‘shma dasturi asosida ta’lim faoliyati olib boriladigan guruh ochilishini e’lon qiladi.

Qo’shma dastur to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Qo’shma  dastur doirasida tahsil olmoqchi bo‘lgan o‘quvchi ota-onasi tomonidan akademik litsey ijrochi direktori nomiga ariza taqdim etiladi;

Ushbu guruhda o’qishga qabul qilish uchun arizalar faqat O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlardangina qabul qilinadi;

Qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqichda ingliz tilida matematika va mantiqiy fikrlash bo’yicha yozma imtihon topshiriladi. Sinovdan 60 % ball to’plagan abiturientlar ikkinchi bosqichga o’tkaziladi;

2-bosqichda abiturientning tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatini aniqlash uchun suhbat o’tkaziladi.

To’lov-kontrakt miqdori bir o’quv yili uchun – 25.000.000 so’m

Arizalar 2024 -yil 9 avgust soat 17:00 gacha qabul qilinadi.

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search