+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

Kirish imtihon natijalari e'lon qilindi

MUHIM E'LON

Hurmatili o'quvchilar va ota-onalar!

1. Akademik litsey kirish imtihon natijalari (mandat) 1-avgust kuni  e'lon qilindi. Ularga ko'ra, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyiga o'tish balli quyidagicha shaklandi:

Ta'lim tili O'zbek tili bo'lgan guruhlar - 121.7
Ta'lim tili Rus tili bo'lgan guruhlar - 118.6

2. Imtihon natijalari bo'yicha apellyatsiya my.edu.uz saytidagi o’quvchining shaxsiy profili orqali onlayn ariza orqali amalga oshiriladi. Agar, hozirda platforma ishlamayotgan bo’lsa, bu bo’yicha qo’shimcha ma’lumot beriladi. Shaxsiy profilga kirib, litsey vebsayti va terlegram kanalini kuzatib turishingizni tavsiya qilamiz.

3. TXVU akademik litseyiga muvaffaqiyatli o’tgan o'quvchilar zudlik bilan bugun va dushanba kuni 2 va 5 avgust) kunlari akademik litseyning O'quv bo'limiga kelishlari shart. O'quvchilar my.edu.uz platformasida o'tgan asl hujjat (tug’ilganlik haqida guvohnoma yoki ID pasport) bilan kelishlari kerak.

O'quv bo'lim ish vaqti:
9:30-12:00 va 14:00-17:00
2 avgust kuni qabul vaqti: 14:00-17:00
Hujjat topshirish 8-avgust (payshanba) soat 17:00 ga qadar davom etadi.

Barcha savollarga qo'shimcha ma'lumot Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi my.edu.uz saytida, TXVU litseyi vebsaytida lyceum.wiut.uz, telegram kanalida https://t.me/lyceum_wiut_uz, va kol-markazda beriladi: +998712387427

 

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search