Ramazon - sahovat va ezgulik oyi. Har yili bu oyda Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti Akademik Litseyi o‘quvchilari o‘zlari tayyorlagan shirinliklarni sotib, yig‘ilgan mablag‘lardan kam ta’minlangan oilalarga ehson ulashadilar. Shunday tadbirlardan biri 27 Mart kuni bo‘lib o‘tdi.