Birlashgan Millatlar Tashkiloti jahonda tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha yagona universal tuzilma bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda birorta mamlakat o‘zi yolg‘iz hal eta olmagan, global muammolar aynan BMT doirasida hal qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi bundan 29 yil avval – 1992-yil 2-martda BMTga a’zo bo‘lgan edi. Shundan buyon mamlakatimiz ushbu nufuzli tuzilmaning deyarli barcha tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida jahon hamjamiyati e’tiborini sayyoramiz aholisi uchun o‘ta muhim masalalarga qaratdi, bu borada qator muhim takliflarni ilgari surdi. Mazkur takliflar hayotiyligi va o‘ta dolzarbligi bilan xalqaro hamjamiyatning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Bugun dunyo hamjamiyati O‘zbekiston timsolida nafaqat mintaqada, balki xalqaro maydonda kun tartibini belgilab beruvchi faol ishtirokchini ko‘rmoqda.
Shunday xamkorlik tadbirlaridan biri 2022-yil 21-oktabr kuni TXVU hududida bo‘lib o‘tdi. San’at institutlari, TXVU talabalari va TXVU AL iqtidorli talaba-o‘quvchilarining dunyodagi ekologik muammolarni, insoniylik munosabatlari, tinchlik barqarorligi muhimligi mavzulariga bag‘ishlangan suratlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tashkiliy qo‘mita e’tiboriga havola etilgan ko‘plab asarlar orasidan akademik litsey o‘quvchisi O‘ktamova Sadoqatxonning ishlari ham tanlab olindi.