+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

TXVU Akademik litseyi rahbariyati 2022-2023 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari sanalari haqida e’lon qiladi.
Kirish imtihonlari 2022-yil 13,14,15 va 16-iyul kunlari soat 07:30 (birinchi slot) va 12:30 (ikkinchi slot)da o‘tkaziladi.

Familiya, ismingiz, imtihon kuni va vaqtini Litseyning rasmiy veb-sahifasi (lyceum.wiut.uz) va rasmiy telegram kanali orqali topishingiz mumkin.

Imtihonlarga rasmiy maktab formasida (och rang ko‘ylak, to‘q rang shim) kelishingizni so‘raymiz.

Ro‘yxatlarda ismi chiqmagan yoki chet el fuqaroligi bor abituriyentlarni bezovta bo‘maslikni so‘rab qolamiz. Agar hujjatlaringiz QABUL qilingan bo‘lsa, Sizning imtihon sanalaringiz 16-iyulga rejalashtirilgan va qo‘shimcha ma’lumotlarni keyinroq Litsey rasmiy veb-sayti (lyceum.wiut.uz) va telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

Abituriyentlar quyidagi narsalarni imtihonga olib kelishi SHART:

  • Pasport yoki ID pasport yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma (litsey.edu.uz  platformasida ko‘rsatilgan hujjat bo‘lishi SHART!!!)
  • Ruxsatnoma (litsey.edu.uz saytidan yuklangan )
  • Gigiyenik niqob
  • Suv
  • Ruchka, qalam, sirkul va chizg‘ich

Siz quyidagi narsalar bilan imtihonga KIRITILMAYSIZ:

  • Telefon va boshqa texnik vositalar
  • Kalkulyator
  • Sumka

Hujjatsiz va imtihonga kechikib kelgan abituriyentlar imtihonga QO‘YILMAYDI!!!

KIRISH IMTIHONLARI SANASI VA VAQTI 

Sana

Vaqt

Ro'yhat

13.07.2022

12:30

Yuklab olish

14.07.2022

7:30

Yuklab olish

14.07.2022

12:30

Yuklab olish

15.07.2022

7:30

Yuklab olish

15.07.2022

12:30

Yuklab olish

16.07.2022

7:30

Yuklab olish

16.07.2022

12:30

Yuklab olish

 

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search