Samarqandda ingliz, fransuz, nemis va tojik tillari bo‘yicha Respublika olimpiadasining final bosqichi yakunlandi. Intellektual bellashuv 29-30 may kunlari Samarqand shahridagi M.Ulug‘bek nomidagi davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tdi.
Ingliz tilidan:
3-o‘rin – 95 ball bilan Navoiy viloyati Navoiy shahar akademik litseyi o‘quvchisi Usmonova Kamola Otabek qizi;
2-o‘rin – 95 ball bilan Toshkent shahar Mirobod tumani TXVU akademik litseyi o‘quvchisi Bya Danil Arturovich;
1-o‘rin – 96 ball bilan Xorazm viloyati Urganch shahridagi 25-maktab o‘quvchisi Botirboyeva Shohista Omonbek qizi egalladi.

Olimpiadaning respublika bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kirish imtihonlarida maksimal ball to‘plash huquqini beruvchi sertifikat topshirildi. Sertifikat uch yil davomida amal qiladi. Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar ham moddiy rag‘batlantirildi.