+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

Westminster Xalqaro Universiteti Akademik litseyida Xotin-qizlar kuni bayrami

Image
Image
Image
Image
Image
Image
Bugun Westminster International University in Tashkent qoshidagi Akademik litseyda Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbir iliq va tantanali muhitda tashkil etilib, ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yana bir ifodasiga aylandi.

Bayram davomida litsey o‘qituvchilarining fidokorona mehnati, yuqori kasbiy mahorati hamda yosh avlodni tarbiyalash va bilim berishdagi ulkan hissasi alohida e’tirof etildi. Ularning ta’lim tizimidagi xizmatlari rahbariyat va o‘quvchilar tomonidan katta minnatdorlik bilan qayd etildi.

Tadbir mehmonlari iqtidorli o‘quvchilar va san’atkorlar tomonidan ijro etilgan go‘zal musiqiy chiqishlardan bahramand bo‘ldilar.

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search