Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi ta’lim sohasidagi yuksak mavqeini yana bir bor namoyon etdi.
“Litsey iftixori” sovrindori Olloyorova Muniraning Ivy League universitetlaridan biri –University of Pennsylvania, College of Arts and Sciences (Class of 2030)ga qabul qilinganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
Munira to‘liq grant asosida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritdi. Mazkur stipendiya to‘rt yillik ta’lim xarajatlarini qoplab, 348 000 AQSh dollaridan ortiq mablag‘ni tashkil etadi. Ushbu yuksak natija uning puxta bilimlari, qat’iyati va tinimsiz mehnati, shuningdek, ustozlari hamda ota-onasining fidokorona sa’y-harakatlari va ishonchining samarasi hisoblanadi.
O‘zbek qizlarining bilim va salohiyatini yorqin namoyon etgan Muniradan cheksiz faxrlanamiz hamda uning kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lishini tilaymiz.