03 Nov

Bu tadbir ilmiy konferensiya tarzida o’tkazildi. Unda I ,II va III kurs o’quvchilari til va adabiyotga bag’ishlangan ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar, shuningdek o’quvchi-ijodkorlar o’zlarining she’rlari bilan qatnashdilar. Tadbirga adabiyotshunos olim ,professor, munaqqid – Naim Karimov, filologiya fanlari nomzodi – Rahmatulla Barakayev, xalqimiz qalbidan chuqur joy egallagan shoira – Farida Afruz, Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Ilmiy tekshirish institute ilmiy xodimi – Feruza Musayeva tashrif buyurishdi.
Adabiyotshunos olim ,professor, munaqqid – Naim Karimov va filologiya fanlari nomzodi – Rahmatulla Barakayev o’quvchilarimizning izlanishlari, yozgan ilmiy maqolalari yuzasidan o’zlarining qimmatli fikrlarini bildirdilar va yuqori baholadilar . Eng qiziqarli va ma’lumotlarga boy ilmiy maqolalarni yozgan o’quvchilarni faxriy yorliq bilan taqdirladilar.
Shoira Farida Afruz ham yosh shoirlarning she’rlarini tinglab, o’z fikr –mulohazalarini bildirib, esdalik sovg’alarini topshirdilar.
1

Leave a Comment