
24-fevral kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasining ikki nafar vakili litseyimiz o‘quvchilari bilan suhbat o’tkazish maqsadida universitetga tashrif buyurishdi. Uchrashuv Yoshlar masalalari boʻyicha boʻlib, talabalar BMTda ishlash uchun hujjat topshirish jarayoni hamda Oʻzbekiston yoshlari uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi dasturlar bilan tanishdilar.