



15-fevral kuni TXVU AL o’quvchilari tomonidan an’anaviy Birlashgan Millatlar Modeli anjumani tashkil etildi. Har yili o’tkaziladigan bu katta tadbir oldingi MUN konferensiyalaridan ko’p jihatlari bilan farq qilib turdi. Bu yil litseyimiz o’quvchilari ilk bor konferensiyani Xalqaro miqyoga olib chiqdilar. Hamkor maktab hisoblangan Ulan-Bator 84-umumta’lim maktabi bilan birgalikda MUN UNESCO qo’mitasini tashkil qildilar va hamkor o’quvchilar bilan birgalikda “Umuminsoniy qadriyatlarni asrash va avaylashda texnologiyalarning o’rni” mavzusi borasida bahs-munozaralar olib bordilar