2024 – yil 15- fevral kuni TXVU AL da aynan shunday tahdidlardan yoshlarni himoya qilish, ularda ma’naviy immunitetni mustahkamlash maqsadida “Yoshlar tarbiyasida ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati”, “Yosh avlod kimdan o‘rnak olyapti?” mavzularida suhbat tashkil etildi. Suhbatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Z.S.Sultonov, TXVU prorektori F.Karimov, TXVU ning yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi R.Mansurboyevlar ishtirok etdilar.