+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

“Xon Atlas” liboslar festivali

28 sentabr kuni TXVU AL da milliy liboslarni ommalashtirish va yoshlarning kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Xon Atlas” liboslar festivali tashkil etildi.

Tadbirda litsey rahbariyati, o‘qituvchilari, o‘quvchilari ishtirok etib, Sharqning ushbu ramziy matosidan tikilgan liboslarning maftunkor xilma-xilligini katta zavq bilan namoyish etdilar.

Festival ishtirokchilari o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, kiyinish madaniyati, milliy adras va atlas matolari  chuqur tarixga ega ekani, yoshlar ana shunday qadriyatlarni asrab-avaylashi, yuksaltirish va ommalashtirishi zarurligini alohida ta’kidladilar.

“Xon atlas” festivali ana shunday go‘zal va foydali tadbirlardan biriga aylandi.

 

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search