2023 yil 10 mart kuni anʼanaviy “Food summit -2023” loyihasining final bosqichi bo'lib o'tdi.
Sammitda 3 ta davlat – O'zbekiston, Mongoliya va Yaponiyadan jami 6 ta jamoa, 22 ta ishtirokchi qatnashdi.
O'zbekiston sha'nini TXVU AL ning 4 o'quvchisidan iborat jamoasi himoya qildi.
1000 dan ortiq kuzatuvchilar, shu jumladan turli mamlakatlarning o'quv, davlat muassasalaridan 13 nafar mehmon jamoalar taqdim etgan loyihalarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.