24 fevral kuni TXVU akademik litseyida Shveytsariya universitetlari – “LES ROCHES UNIVERSITY” va “GLION UNIVERSITY” vakillari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Universitet vakillari talabalarga oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarni topshirish qoidalari va muddatlarini tushuntirib berdilar, talabalar shaharchasi va universitet talabalarining ijtimoiy hayoti haqida gapirdilar.
Shuningdek, tadbirda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti vakillari ham ishtirok etib, talabalarga universitetga hujjatlarni topshirish qoidalari va muddatlari haqida tushuntirishlar berishdi.