“Ma’naviyat haftaligi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yining final bosqichi ham bo‘lib o‘tdi. Intellektual o‘yinda akademik litsey o‘quvchilaridan iborat bo‘lgan 30ta jamoadan 6tasi final bosqichiga yetib kelgan edi.
Final bosqichi ikki turdan iborat bo‘lib, jami 20ta turli sohalarga oid mantiqiy savollardan tashkil topgan.
O‘yin natijalariga ko‘ra kuchli uchlikka: Sigma, Toshkentliklar, Temuridlar jamoalari ega bo‘ldilar. Shuningdek, g‘olib jamoalar o‘yin yakunida esdalik sovg‘alari, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.