Ma’naviyat haftaligi doirasida 15-fevral sanasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Shaxnoza Joldasova bilan “Globallashuv jarayonida yoshlar ma’naviyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida globallashuv jarayoni, yurtimizdagi yoshlarga berilayotgan e’tibor, imkoniyat va shart-sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.