+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster akademik litseyida “Harry Potter” musobaqasi o‘tkazildi

2022-yil 25-noyabr kuni  Prezidentimizning 5ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, teatr, san’at sohasidagi iste’dodlarini namoyish qilish maqsadida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster akademik litseyida “Harry Potter” musobaqasi o‘tkazildi. Bunda guruhlarga aynan “Harry Potter” filmidan lavhalar tayyorlash topshirig‘i berilgan edi. Namoyish etilgan spektakllar quyidagi mezonlarga ko‘ra baholandilar: o‘quvchilarning til bilish darajasi, aktyorlik mahorati, mavzuning dolzarbligi, sahna madaniyati va sahna bezaklari hamda spektakl uchun ajratilgan vaqt doirasida qilinganligiga ko‘ra.
Spektakllardan tashqari o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli ko‘ngilochar raqs va musiqalar tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida akademik litseyi so‘zga chiqib, barcha o‘quvchi va ingliz tili o‘qituvchilariga tashakkur bildirgan holda, g‘olib bo‘lgan guruhlarga sertifikat va esdalik sovg‘alarni taqdim etdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search