2022-yil 6-oktabr kuni TXVU ALda shaxmat bo‘yicha turnir boshlandi. Turnir sportning ushbu turiga qiziqishni shuningdek, mantiqiy fikrlash va strategik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazilmoqda. 1-bosqichda 80 ta o'quvchi ishtirok etdi. Tanlov TXVU AL o‘quv zalida 1-2-kurs o'quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi. Bugun final bosqichi bo'lib o'tadi va biz kim g'olib ekanligini bilib olamiz.