+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

Bugundan akademik litseylarga qabul boshlanadi

Bugun, 20 iyundan e’tiboran 2022/2023 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlanadi.

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

  • joriy yilda 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma;
  • 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
  • o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda:

  • o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak);
  • va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ham belgilaydi.

Shuningdek, abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

*Qabul jarayonlari bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey uchun hujjatlar litsey.dtm.uz sayti orqali qabul qilinadi.

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search