+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyida “Xotira abadiy – qadr muqaddas” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi.
Bu jihatlar yurtimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda, ona diyorimizni, xalqimizning ozodlik va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, hurmat-ehtiromda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyida ham “Xotira abadiy – qadr muqaddas” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga xalqimiz ardog‘idagi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq artistlari Dilorom Karimova hamda Tohir Saidovlar  tashrif buyurishdi. Urush suratlarini o‘zida aks ettirgan “Ilhaq” filmi qahramonlari bilan uchrashuv davomida filmdan kichik sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar namoyish etildi.

“Ilhaq” filmi bosh rol ijrochisi Dilorom Karimova va Tohir Saidov bilan bo‘lib o‘tgan jonli suhbat  o‘quvchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlar va badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search