+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

10-iyundan akademik litseylarga qabul boshlanadi

Image
10-iyun sanasidan boshlab 2026/2027-oʻquv yili uchun akademik litseylarga my.edu.uz portali orqali hujjatlarni qabul qilish boshlanadi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

➖ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

➖ qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search