Inklyuziv taʼlim masalalari boʻyicha ochiq muloqot
18-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “VoiceUp” inklyuziv yoshlar oromgohi ishtirokchilari bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimizda inklyuziv taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada mavjud muammolar hamda kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar xususida oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan inklyuziv taʼlim infratuzilmasini yanada takomillashtirish, taʼlim muassasalarida arxitekturaviy moslashuvni taʼminlash, raqamli taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, pedagog kadrlarni inklyuziv kompetensiyalarga ega etish masalalari yuzasidan qator amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.