Bugun Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazida Markaz qoshida faoliyat yurituvchi “Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz” (SCP) (https://t.me/columbia_center/371) nomli volontyorlik guruhining I bosqich yakuniy hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida volontyorlar ikki oy davom etgan I bosqich faoliyati doirasida Yangihayot tumanida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar haqida so‘z yuritishdi. Xususan, ular kam ta’minlangan oilalar farzandlariga ingliz tili, matematika va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bilimlar berishgan, shuningdek, interaktiv o‘yinlar orqali tengdoshlarini bilimga jalb etishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishgan. Har bir volontyor o‘z yo‘nalishi bo‘yicha bajarilgan vazifalar, duch kelgan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Taqdimotda Ijtimoiy himoya milliy agentligi (https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi) direktorining o‘rinbosari U.Sharifxodjayev (https://t.me/usmonsharifxodjayev) ishtirok etib, volontyorlarning faoliyati bo‘yicha o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, volontyorlar tashabbusining amaliy ahamiyatini e’tirof etib, guruhning kelgusidagi maqsadli rejalarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida volontyorlik guruhi a’zolari tomonidan loyihaning keyingi bosqichida amalga oshiriladigan yo‘nalishlar, jumladan, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalar va hamkorlik tashabbuslari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.