+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

«ALWIUT ACADEMY» TAYYORLOV KURSI

«ALWIUT ACADEMY» TAYYORLOV KURSI

 Siz yurtimizning eng nufuzli litsey o‘quvchilaridan biri bo‘lmoqchimisiz? «ALWIUT Academy» tayyorlov kurslarida ta’lim olib bunday imkoniyatga erishishingiz mumkin.

Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) akademik litseyi qoshida tashkil etilgan “ALWIUT Academy” tayyorlov kursi ayni paytda 9-sinf o‘quvchilarini TXVU akademik litseyiga kirish imtihonlariga tayyorlaydi.

   Mazkur kurs o‘quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
✅ Yuksak malakali o‘qituvchilar yordamida bilim va ko‘nikmalarni oshirish;
✅ Innovatsion texnologiyalar asosida interaktiv ta’lim olish;
✅ Serqirra ijtimoiy hayot;
✅ Ingliz tili fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar kirish imtihonlarida ingliz tili fanidan ozod etiladilar.

✅ Matematika fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar kirish imtihonlarida matematika fanidan ozod etiladilar.

 

Tayyorlov kursi 2 yo‘nalishda olib boriladi:
1 INGLIZ TILI – Ingliz tili fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik
2 MATEMATIKA – hisoblash ko‘nikmalari va mantiqiy masalalar yechish hamda matematika fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik.

  O‘quvchilarning qaysi yo‘nalishni tanlashlari ixtiyoriy.

  • Kurs davomiyligi: 10 oy (haftada 4 marta: 2 kun ingliz tili va 2 kun matematika). Mashg‘ulotlar o‘zbek va rus tilida olib boriladi.
  • Tayyorlov kursi narxi har bir fanga 10 oy davom etadigan o‘qish uchun 8 000 000 so‘m. 2 ta fan uchun esa 10 oy davom etadigan o‘qish uchun 16 000 000 so‘m

Tayyorlov kursiga kirish shartlari:
1 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish – 2025 yil 2 sentyabrgacha.
2 Ingliz tili va matematika fanlari asosida 4-5 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish
3 Tayyorlov kursi kirish imtihonlaridan umumiy 50% to‘plagan o‘quvchilar kursga qabul qilinadi. Kirish imtihonlari matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Imtihonlar ikki fan uchun umumiy 2,5 soat davom etadi. 2025-2026 o‘quv yili uchun“ALWIUT Academy” tayyorlov kursiga o‘tish bali ingliz tilidan 50% va matematika fanidan 50% tashkil etadi.

 Ro‘yxatdan o‘tish uchun talab etiladigan hujjatlar:
1 3x4 rasm
2 Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolaga kiring:
 https://forms.gle/t6CQvJ23dn7Qny5JA

⛪️ Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 25
☎️ Murojaat uchun: (71) 238 74 29; (71) 238 74 00(479)

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search