MUHIM E'LON
Hurmatili o'quvchilar va ota-onalar!
Akademik litsey kirish imtihon natijalari (mandat) 31-iyul kuni e'lon qilindi. Unga ko'ra, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyiga o'tish balli quyidagicha shaklandi:
Ta'lim tili O'zbek tili bo'lgan guruhlar – 135.6
Ta'lim tili Rus tili bo'lgan guruhlar – 131.4
TXVU akademik litseyiga muvaffaqiyatli o’tgan o'quvchilar ushbu 2 hujjatni yuklab olishlari va ularni to’ldirgan holda quyidagi hujjatlar bilan birga dushanba va seshanba kunlari (4 va 5 avgust) kunlari akademik litseyning O'quv bo'limiga olib kelishlari lozim (Istiqbol ko’ch., 12. Vestminster Universiteti g’ishtli 3 qavvatli binosi):
Kerakli hujjatlar ro’yxati:
- Direktor nomiga ariza
- 9-sinfni tugatganlik haqidagi guvohnoma nusxasi – 2 nusxa
- Shaxsiy ma’lumot varaqasi (anketa)
- 3x4 sm hajmdagi rangli rasm – 6 dona
- Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID pasport nusxasi – 2 nusxa
- IELTS, CEFR yoki fan bo‘yicha sertifikat nusxasi – 2 nusxa (agar mavjud bo‘lsa)
- Ota-onaning pasport nusxalari
- Tibbiy ma’lumotlar:
- Emlash varaqasi (forma №063-Y)
- Qon va siydikning umumiy tahlili
- Flyuorografiya natijasi
O'quvchilar my.edu.uz platformasida o'tgan asl hujjat (tug’ilganlik haqida guvohnoma yoki ID pasport) bilan va yuqorida ko’rsatilgan hujjatlani to’plagan holda kelishlari kerak.