+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

TXVU akademik litseyi 2025-2026-o'quv yili uchun University of Westminster bilan hamkorlikda qo'shma dastur asosida yangi guruhlar ochishi haqida ma'lumot

Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi 2025-2026–o’quv yili uchun University of Westminster bilan hamkorlikda qo‘shma dasturi asosida ta’lim faoliyati olib boriladigan guruhlar (o'zbek va rus tili) ochilishini e’lon qiladi.

Ushbu qo’shma dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan o’quvchilar ALWIUT diplomi va qo’shma dastur sertifikatini qo’lga kiritadilar.

Qo’shma dastur to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Qo’shma dastur doirasida tahsil olmoqchi bo‘lgan o‘quvchi ota-onasi tomonidan akademik litsey ijrochi direktori nomiga ariza taqdim etiladi.

Ushbu guruhda o’qishga qabul qilish uchun arizalar faqat O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlardangina qabul qilinadi;

Qabul jarayoni qo’yidagi tarzda amalga oshiriladi:

Abituriyentlar ingliz tilida matematika va mantiqiy fikrlash bo’yicha yozma imtihon topshiradi. Sinovdan eng yuqori ball to’plagan abituriyentlar tanlab olinadi.

To’lov-kontrakt miqdori bir o’quv yili uchun – 36 292 800 (o’ttiz olti million ikki yuz to‘qson ikki ming sakkiz yuz) so’m.

Arizalar 2025 -yil 2 avgust soat 12:00 gacha qabul qilinadi.

2025-yil 29-iyul

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search