



25-26 - aprel kunlari Toshkent shahridagi yetakchi ta’lim muassasalari o‘rtasida “The World scholar’s cup” bo‘lib o‘tdi. Talabalar bir nechta tanlovlarda, jumladan, bahs-munozaralar, hamkorlikda yozish, “Scholar’s challenge” va “Scholar’s bowl”da bellashdilar. TXVU akademik litseyi o‘quvchilari o‘zlarining tanqidiy va mantiqiy fikrlash, notiqlik qobiliyatlarini namoyish etdilar va bellashuvda o‘nlab medal va kuboklarni qo‘lga kiritdilar. Kenpeilov.A jamoasi musobaqaning mutlaq g’olibi bo’ldi.